SIROJIDDIN SAYYID SHE'RIYATI VA SHAXSIYATI TALQINI: N. JABBOROV PORTRET-MAQOLALARI MISOLIDA
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida yetuk ijodkor shaxsini yoritishda portret-maqola janrining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ijodiga bag‘ishlangan adabiyotshunos N. Jabborovning “Ruhim xaritasi”dan “Dil fasligacha” va “Metaforaga boy she’riyat” nomli portret-maqolalari o‘rganiladi. Ushbu maqolalarda shoir ijodining badiiy-falsafiy qatlamlari, uslubiy o‘ziga xosliklari, mumtoz adabiyot bilan bog‘liqligi hamda shaxsiyatining ma’naviy qiyofasi yoritilganligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda portret-maqolalar orqali ijodkor shaxsini yaxlit tasavvur etish imkoniyatlari ochib beriladi.
Fields of Study & Subjects
Poetry Analysis and Criticism
Turkish Literature and Culture
Autobiographical and Biographical Writing
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 12 January 2026