AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI JINOYATLAR BOʻYICHA SOʻROQ QILISHNING JINOYAT-PROTSESSUAL VA KRIMINALISTIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu tezis axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar boʻyicha soʻroq qilishning jinoyat-protsessual va kriminalistik asoslarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Raqamli muhitda sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda soʻroq qilish tergov harakati sifatida oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, u elektron dalillar, texnik jarayonlar va shaxsning raqamli faoliyati bilan bogʻliq holatlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tezisda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida soʻroq qilishning huquqiy asoslari yoritilgan, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar boʻyicha soʻroq qilish taktikasi, psixologik va texnik omillarni hisobga olish zarurligi asoslab berilgan. Xorijiy ilmiy tadqiqotlar tahlili orqali kiberjinoyatlar boʻyicha soʻroq qilish natijalarini elektron dalillar bilan oʻzaro bogʻliq holda baholash, aniqlashtiruvchi savollar qoʻllash hamda maxsus bilimlardan foydalanishning ahamiyati koʻrsatib oʻtilgan.
Fields of Study & Subjects
Education
Law
and Society
Cybercrime and Law Enforcement Studies
Deception detection and forensic psychology
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 16 January 2026