AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI JINOYATLAR YUZASIDAN JINOYAT ISHI QOʻZGʻATISH: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA
Abstract
Mazkur tezis axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatishning milliy va xorijiy tajribasini qiyosiy-huquqiy tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida kiberjinoyatchilikning oʻsishi, elektron dalillarning oʻziga xos xususiyatlari va ularni jinoyat-protsessual tartibda baholash masalalari yoritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi hamda Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatishning sabab va asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida elektron dalillar bilan ishlashning samarali protsessual mexanizmlarini joriy etish, milliy qonunchilikni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish zarurligi asoslab berilgan.
Fields of Study & Subjects
Education
Law
and Society
Cybercrime and Law Enforcement Studies
Legal processes and jurisprudence
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 16 January 2026