"MENING SHAHRIM" MAVZUSIDA ISHLASHDA KOMPOZITSION FIKRLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Read full text
Authors: Umirov Karim Avaz o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Maqolada badiiy bilim yurtlari o‘quv jarayonida "Mening shahrim" mavzusidagi kompozitsiyani o‘qitish va bosqichma-bosqich yaratish metodikasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda XX-XXI asrlar o‘zbek rangtasvirining yetakchi ustalari A.Volkov, M.Novikov, A.Mirzayev, J.Umarbekov, shuningdek, yosh avlod vakillari R.Bozorov va U.Rajabovlar ijodidagi Toshkent shahar manzarasining tasviriy an’analari tahliliga tayanilgan. Shahar makoni badiiy yechimining o‘ziga xosligi, koloristik xususiyatlari, me’moriy motivlar va personajlarning asar emotsional-obrazli strukturasini shakllantirishdagi roliga alohida e’tibor qaratilgan. Ishda ko‘p figurali kompozitsiyani o‘rgatish tamoyillari, forseskiz tuzish bosqichlari, talabalarda kuzatuvchanlik va fazoviy fikrlashni rivojlantirish usullari ochib berilgan. Maqola materiallaridan rassomlar va tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘quv-uslubiy maqsadlarda foydalanish mumkin.

Fields of Study & Subjects

Art Education and Development Artistic and Creative Research Architecture Art Education

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 January 2026