DASTLABKI TAYYORGARLIK BOSQICHIDA BOKSCHILARNING TEZLIK VA KUCH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH METODOLOGIYASI.

Read full text
Authors: Xudayberdiyev Oybek Abdullayevich, Umarov Qaxxorjon Abbosovich
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada dastlabki tayyorgarlik bosqichida bokchilarning tezlik va kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari o‘rganilgan. Tadqiqotda yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasi, ularni qo‘llash usullari hamda yuklama hajmi va shiddatini bosqichma-bosqich oshirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirishda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarining o‘zaro bog‘liqligi yoritib berilgan. Olingan natijalar dastlabki tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, sportchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish va kelgusida yuqori sport natijalarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Physical Education and Training Studies Martial Arts: Techniques Psychology and Education Sports Performance and Training

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 January 2026