RAHBAR XODIMLARNING TA'LIM MUASSASALARIDA BOSHQARISH KOMPETENTSIYASI

Read full text
Authors: Ishimov Faxriddin Mamarejabovich
Cited by: 0

Abstract

Har birimiz qanday kasb egasi bo‘lishimizdan qat’iy nazar, psixologik bilimlarga ega bo‘lishimizni kasbimiz va zamon ham talab qiladi. Qaysi sohada faoliyat olib bormasin, inson o‘zini muntazam nazorat qila olishi va muomala madaniyatiga ega bo‘lishi darkor. Ayniqsa, pedagoglar va rahbar xodimlarga bu borada juda kuchli talablar qo‘yiladi. Zero, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqi aynan rahbar xodimlar faoliyati bilan bog‘liq. Shunday ekan, rahbar butun bir jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch sifatida o‘z sohasini mukammal darajada bilishi, bilim va malakaga ega bo‘lishi, hamisha zimmasiga yuklatilgan vazifasini yodida saqlashi va aslo xatoga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bu borada rahbar o‘z kompetentsiyasiga ega bo‘lishi juda muhim ahamiyatga ega. Xo‘sh, kompetentlik o‘zi nima? Rahbar xodimlar kompetentligi to‘g‘risida juda ko‘plab fikrlar mavjud bo‘lib, ularning barchasi mazmunan va shaklan turlicha talqin qilinadi. Bizning fikrimizcha, kompetentlik – bu soha egasining kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka, shuningdek, shaxsiy sifat va fazilatlar integratsiyasidir.

Fields of Study & Subjects

Competency Development and Evaluation School Leadership and Teacher Performance Education and Teacher Training

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026