Oʻzbekiston Respublikasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilishning fuqarolik-huquqiy asoslari

Read full text
Authors: Asilbek Yoqub oʻgʻli Bektoshev
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilishning fuqarolik-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Iste'molchi tushunchasi, uning huquqiy maqomi hamda iste'molchilar bilan sotuvchi (ijrochi) oʻrtasida vujudga keladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning oʻziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, iste'molchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, Fuqarolik kodeksi va maxsus qonun normalari, hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil etilgan. Ishda iste'molchilarning asosiy huquqlari, ularni ta'minlash mexanizmlari, huquqlar buzilganda qoʻllaniladigan fuqarolik-huquqiy himoya usullari hamda sotuvchi va xizmat koʻrsatuvchilarning fuqarolik-huquqiy javobgarligi masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Bundan tashqari, sudgacha va sud orqali huquqlarni himoya qilish tartiblari, yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplash masalalari yoritib berilgan. Mazkur tadqiqot natijalari iste'molchilar huquqlarini amaliy jihatdan samarali himoya qilish, shuningdek, fuqarolik huquqi normalarini toʻgʻri qoʻllashda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Comparative International Legal Studies European and International Contract Law Dispute Resolution and Class Actions

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026