BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLARNI BOSHQARISHDA RAQAMLI MONITORING VA ERTA OGOHLANTIRISH TIZIMLARINING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur tezisda banklarda muammoli kreditlarni boshqarishda raqamli monitoring va erta ogohlantirish tizimlarining o‘rni hamda ularning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar yig‘ish, skoring modellari va real vaqt rejimida qarzdorlar holatini kuzatish mexanizmlari muammoli kreditlarni erta aniqlash va ularning chuqurlashuvini oldini olishning muhim vositasi sifatida qaraladi. Tahlil natijalari raqamli monitoring tizimlarining joriy etilishi kredit portfeli sifati yaxshilanishiga, zaxiralar yuklamasining kamayishiga hamda qaytarish jarayonining tezlashuviga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, erta ogohlantirish mexanizmlarining samarali ishlashi bank va qarzdor o‘rtasidagi axborot nomutanosibligini kamaytirib, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirishga imkon berishi ilmiy jihatdan asoslanadi.
Fields of Study & Subjects
Banking Sector Performance and Management
Banking stability
regulation
efficiency
Digital Transformation in Financial Services
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 17 January 2026