XALQARO BIZNESDA MARKETING STRATEGIYALARINI QO'LLASHNING AFZALLIKLARI

Read full text
Authors: Kojaxmetova Raushan Ahmet qizi
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada xalqaro biznes faoliyatida marketing strategiyalarini samarali qo‘llashning asosiy afzalliklari tahlil qilinadi. Xususan, global bozor sharoitida raqobatbardoshlikni oshirish, turli mamlakatlar iste’molchilarining ehtiyoj va xatti-harakatlariga moslashish, brendning xalqaro miqyosda tan olinishi hamda savdo hajmini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqolada marketing strategiyalarining moslashuvchan (adaptatsiyalashgan) va standartlashtirilgan yondashuvlari solishtirilib, ularning xalqaro bozorlardagi samaradorligi yoritib beriladi. Shuningdek, raqamli marketing, bozor segmentatsiyasi va madaniy omillarni hisobga olish orqali korxonalarning barqaror rivojlanishiga erishish imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari xalqaro biznes subyektlari uchun marketing qarorlarini qabul qilishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, strategik rejalashtirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Marketing and Advertising Strategies International Business and FDI Business Strategies and Innovation

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026