RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KORXONA STRATEGIK BOSHQARUVINI RIVOJLANTIRISHNING AFZALLIKLARI
Abstract
Ushbu maqolada korxonalarda strategik boshqaruv jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari, samaradorlikka ta’siri va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi rolini tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida sun’iy intellekt, biznes-analitika, bulut texnologiyalari, IoT va big data kabi zamonaviy texnologiyalar korxonalarning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvni shakllantirish hamda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar strategik rejalashtirishning aniqligini oshiradi, risklarni boshqarish tizimini optimallashtiradi, resurslardan foydalanish samaradorligini yaxshilaydi va bozor o‘zgarishlariga tez moslashish imkonini yaratadi. Shuningdek, raqamli boshqaruv korxona faoliyatida shaffoflikni kuchaytirib, operatsion xarajatlarni kamaytirish, innovatsion yechimlarni joriy qilish va strategik maqsadlarga tezroq erishishga yordam beradi.
Fields of Study & Subjects
Enterprise Management and Information Systems
Impact of AI and Big Data on Business and Society
Digital Innovation in Industries
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 17 January 2026