RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMI

Read full text
Authors: Ataboyeva Shohista Abduqahhor qizi, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada rivojlangan mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tizimining mazmuni, tuzilishi va asosiy rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim bolalarning erta yoshdan jismoniy, aqliy, ijtimoiy va hissiy rivojlanishini ta’minlovchi muhim bosqich hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda ushbu ta’lim bosqichi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib, bolaga yo‘naltirilgan, o‘yin asosidagi va individual yondashuvga tayangan ta’lim modeli keng qo‘llaniladi. Maqolada Finlyandiya, Germaniya, Yaponiya va AQSh kabi mamlakatlar tajribasi misolida maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati, ta’lim dasturlari, tarbiyachilar malakasi hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari yoritib beriladi. Shuningdek, maktabgacha ta’limda sifatni ta’minlash, teng imkoniyatlar yaratish va bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda innovatsion pedagogik yondashuvlarning ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish orqali maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va bolalarning barkamol rivojlanishini ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Early Childhood Education and Development Education Systems and Policies Education Methods and Practices

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026
Document type
Dataset