KORXONALARDA EKOLOGIK MENEJMENT TIZIMINI JORIY ETISH ZARURATI

Read full text
Authors: Shoxjaxon Xakimjon o'g'li Xalimov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ekologik menejment tizimini (EMT) joriy etishning zarurati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ekologik menejment tizimining mohiyati, uning tashkilotlar faoliyatida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni yoritib berilgan. Xalqaro tajriba asosida ISO 14001 va EMAS standartlarining ahamiyati, ularning global miqyosda keng qo‘llanilishi hamda samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik menejment tizimini joriy etishga ta’sir etuvchi huquqiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va tashkiliy omillar batafsil ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari ekologik menejment tizimini joriy etish korxonalarda ekologik xavflarni kamaytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ekologik qonunchilik talablariga muvofiqlikni ta’minlashda muhim boshqaruv vositasi ekanini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari ekologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi ilmiy izlanishlar hamda amaliy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Quality and Management Systems Environmental Sustainability in Business Sustainable Development and Environmental Management

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026