OʻQUVCHILARDA TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR

Read full text
Authors: Mamadoliyeva Nilufar Rahim qizi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada o‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish masalasi zamonaviy o‘zbek tilshunosligi va metodika fanida olib borilayotgan tadqiqotlar asosida yoritiladi. Tadqiqotda tinglab tushunish nutqiy faoliyatning yetakchi turi sifatida talqin qilinib, uning o‘qish, gapirish va yozish ko‘nikmalari bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslanadi. O‘zbek metodist olimlarining fikrlariga tayangan holda, tinglab tushunish ko‘nikmasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi pedagogik omillar (darsni tashkil etish, mashqlar tizimi, o‘qituvchi faoliyati), psixologik omillar (diqqat, xotira, motivatsiya) hamda lingvodidaktik omillar tahlil qilinadi.Shuningdek, maqolada hozirgi ta’lim jarayonida audio va multimediya vositalaridan foydalanish, autentik materiallar asosida mashg‘ulotlar tashkil etishning o‘quvchilarning tinglab tushunish malakasini oshirishdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda tizimli yondashuv, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish hamda real nutq muhitiga yaqin materiallardan foydalanish muhim ekanligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Language Acquisition and Education Education Innovation and Language Studies Linguistic Education and Pedagogy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026