NEMIS VA O'ZBEK BADIIY MATNLARIDA EKVIVALENTSIZ MAISHIY LEKSIKANING QO'LLANILISHI

Read full text
Authors: Tohir ALIMOV
Cited by: 0

Abstract

Badiiy adabiyot til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi eng muhim sohalardan biridir. Ushbu tezisda nemis va o‘zbek badiiy matnlaridagi ekvilvalentsiz maishiy leksika qiyosiy-chog‘ishtirma usulda o‘rganiladi. Maishiy leksika deganda kundalik turmush, oilaviy hayot, ovqatlanish odatlari, ijtimoiy munosabatlar va milliy an’analarga oid so‘z va iboralar tushuniladi. Ekvilvalentsizlik esa bir tildagi so‘zning boshqa tilda to‘liq semantik va elmadaniy muqobiliga ega emasligini bildiradi. Qiyosiy tahlil usuli ikki til va madaniyatdagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga yordam beradi. Nemis adabiyoti individualizm va psixologik chuqurlikka, o‘zbek adabiyoti esa jamoaviylik va oilaviy qadriyatlarning aks ettirilishiga moyil. Ushbu farqlar maishiy leksikaning funksiyasi va stilistik rolida ham namoyon bo‘ladi.

Fields of Study & Subjects

Language and Culture Linguistic research and analysis Translation Studies and Practices

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026