GLOBAL KAPITAL BOZORLARIDA TOKENIZATSIYA VA SMART-KONTRAKTLARNING RIVOJLANISHI

Read full text
Authors: Dilnozaxon Muxitdinova
Cited by: 0

Abstract

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida tokenizatsiya va smart-kontraktlar global kapital bozorlarida inqilobiy o‘zgarishlar keltirib chiqarmoqda. Tokenizatsiya – bu real aktivlarni ( aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk va h.k.) raqamli tokenlar shaklida blokcheyn platformalarida aks ettirish jarayoni bo‘lib, bu tokenlar mulk huquqi yoki aktivga da’volarni ifodalaydi. Smart-kontraktlar esa blokcheynda ishlaydigan, shartlari oldindan belgilangan va o‘z-o‘zini bajaruvchi raqamli shartnomalardir. Ushbu texnologiyalar an’anaviy moliya instrumentlariga innovatsion yondashuv bo‘lib, bitimlarni inson aralashuvisiz avtomatik amalga oshirish, vositachilar sonini kamaytirish va jarayonlarni tezlashtirish imkonini beradi[1]. Natijada, global kapital bozorlarida tokenlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar va aktivlar ulushi tobora ortib bormoqda, bu esa investorlar va moliya institutlariga yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda. [1] Desbonnet J., Vanunu O. The rise of smart contracts and strategies for mitigating cyber and legal risks [Elektron resurs] / J. Desbonnet, O. Vanunu. – World Economic Forum, 2024. – 16 July.

Fields of Study & Subjects

Blockchain Technology Applications and Security Digital Transformation in Financial Services Digital Transformation in Law

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026