''DUNYONING ISHLARI'' ASARINING ADABIY- ESTETIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqola O’tkir Hoshimov ijodidagi “Dunyoning ishlari” asarining adabiy-estetik xususiyatlarini ilmiy nuqtai nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi asardagi syujet, obrazlar, til-uslub, dramatik rivojlanish va realizm elementlarini tahlil qilish orqali uning badiiy va estetik qadriyatini aniqlashdir. Ishda asarda ona timsoli va oilaviy munosabatlar orqali o‘quvchida shakllanadigan axloqiy va ma’naviy tafakkur ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muallifning realizm uslubi, badiiy detal va psixologik tasvirlar orqali yaratgan obrazlari o‘quvchida hissiy tajriba va estetik zavq uyg‘otadi. Maqolada asarning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, ijtimoiy-axloqiy ahamiyati va zamonaviy o‘quvchi ongiga ta’siri ilmiy tarzda yoritilgan.
Fields of Study & Subjects
Themes in Literature Analysis
Turkish Literature and Culture
Literary Analysis and Cultural Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 17 January 2026