O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI IQTISODIY TASHABBUSLARI: AFG'ONISTON MISOLIDA
Abstract
Mazkur maqolada XXI asr boshlarida Afg‘onistonda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyat sharoitida O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy tashabbuslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Afg‘onistonga nisbatan O‘zbekiston tashqi siyosatida shakllanayotgan yangi yondashuvlar, xususan, transport-kommunikatsiya, savdo-logistika va energetika sohalaridagi hamkorlik loyihalari kompleks o‘zaro bog‘liqlik nazariyasi asosida yoritib beriladi. Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘li, “Termiz–Mozori Sharif–Kobul–Peshovar” transafg‘on temir yo‘l loyihasi, “Surxon–Puli Xumri” elektr uzatish liniyasi hamda Termiz xalqaro savdo markazi misolida infratuzilmaviy hamkorlikning mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy integratsiyaga ta’siri baholanadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tashabbuslari Afg‘onistonni xavfsizlikka tahdid manbai sifatida emas, balki Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi geoiqtisodiy imkoniyatlar makoni sifatida shakllantirishga xizmat qilayotganini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Global Political and Economic Relations
Cross-Border Cooperation and Integration
Belt and Road Initiative
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 17 January 2026