OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSIYA SIYOSATI: INSTITUTSIONAL VA RAQAMLI ISLOHOTLAR

Read full text
Authors: Yo'ldoshboy Sobirov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida investitsiya siyosatining hozirgi holati hamda institutsionalva raqamli islohotlar orqali investitsiya muhitini yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotdoirasida mamlakatning investitsion salohiyati, xususan investitsiyalar hajmi, ularning tarkibi, manbalari va iqtisodiyottarmoqlari bo‘yicha yo‘naltirilishi o‘rganiladi. Shuningdek, 2025-yil 18-iyuldagi PQ–226-sonli Prezident qarori asosidaXorijiy investorlar kengashi faoliyatini mustahkamlash, uning kotibiyatini nodavlat notijorat tashkilot shakliga o‘tkazishhamda investitsiya jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan institutsional islohotlar tahlil etiladi.Maqolada tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili va Investitsiya kodeksi orqalinormativ-huquqiy bazani soddalashtirish, shuningdek sud tizimi orqali investorlarning moliyaviy manfaatlarini himoyaqilish mexanizmlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt va “yashil” energetikakabi innovatsion yo‘nalishlarga investitsiyalarni jalb etish orqali iqtisodiy diversifikatsiya va barqaror rivojlanishga erishishimkoniyatlari yoritiladi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan institutsional va raqamliislohotlar investitsiya muhitining jozibadorligi va shaffofligini oshirishga, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga hamdaiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Maqolada investitsiya siyosatini yanada samarali amalgaoshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan bo‘lib, ular Investitsiya kodeksini takomillashtirish, raqamli platformalarnirivojlantirish, sud tizimini soddalashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion sohalarga investitsiyalarni jalbetishni nazarda tutadi.

Fields of Study & Subjects

Economic Development and Regional Competitiveness Economic and Industrial Development International Business and FDI

Publication details

Journal / source
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
Publication date
1 January 2026
Language
UZ