ALISHER NAVOIY ASARLARINING ZAMONAVIY YOSHLAR UCHUN AHAMIYATI

Read full text
Authors: Qudratova Sabina
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining zamonaviy yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda mutafakkir shoir asarlarida ilgari surilgan faqr, muhtojlik, ishq, adolat, gado va podsho, komil inson kabi tushunchalarning lug‘aviy va tasavvufiy mazmuni ochib beriladi hamda ularning bugungi globallashuv, axborot tezligi va ma’naviy inqiroz sharoitida yosh avlod uchun dolzarbligi asoslanadi. Navoiyning g‘azallari misolida ushbu tushunchalarning zamonaviy ijtimoiy va axloqiy muammolar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi.

Fields of Study & Subjects

Turkish Literature and Culture Values and Moral Education Themes in Literature Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026