YOSHLAR ADABIYOTIDAGI PSIXOLOGIK REALIZM, ICHKI DUNYO TASVIRI

Read full text
Authors: Choriyeva Ruxsora
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy yoshlar adabiyotida psixologik realizmning o‘rni va ahamiyati hamda badiiy asarlarda qahramonlarning ichki dunyosini tasvirlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yoshlar adabiyotiga xos bo‘lgan ruhiy kechinmalar, individual psixologik holatlar, ichki monolog va ong oqimi kabi badiiy-uslubiy vositalarning badiiy matndagi funksional vazifasi ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, maqolada yosh qahramonlarning ijtimoiy muhit bilan munosabati, ma’naviy izlanishlari, shaxs sifatida shakllanish jarayonida kechadigan psixologik ziddiyatlar real hayot hodisalari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil etiladi. Tahlil jarayonida hozirgi o‘zbek yoshlar adabiyotida psixologik realizmning estetik imkoniyatlari, uning badiiy tafakkur rivojidagi o‘rni va yosh avlod dunyoqarashini shakllantirishdagi ta’siri asoslab beriladi. Maqola xulosalarida yoshlar adabiyotida ichki dunyo tasvirining badiiy-estetik ahamiyati va uning adabiy jarayondagi dolzarbligi ilmiy dalillar asosida umumlashtiriladi.

Fields of Study & Subjects

Themes in Literature Analysis Contemporary Literature and Criticism Literary Theory and Cultural Hermeneutics

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
17 January 2026