KIMYO DARSLARIDA PISA VA TIMSS TOPSHIRIQLARI ASOSIDA O'QITISH METODIKASI

Read full text
Authors: Zoyir Ahmedovich Eshonqulov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada kimyo fanini o‘qitishda xalqaro baholash dasturlari — PISA va TIMSS topshiriqlaridan foydalanishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda akademik litsey sharoitida kimyo darslarini o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligi, amaliy fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va real hayotga mos masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirish masalalari yoritilgan. Maqolada PISA va TIMSS topshiriqlarining mazmuniy va kognitiv darajalari kimyo fanining asosiy bo‘limlari — umumiy, noorganik, organik va analitik kimyo bilan integratsiya qilinib, o‘quv jarayonida qo‘llash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, muammoli o‘qitish, tadqiqotga yo‘naltirilgan ta’lim, keys-metod va tajribaviy mashg‘ulotlar orqali xalqaro baholash formatiga mos topshiriqlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning xalqaro baholash tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Chemistry Education and Research Science Education and Pedagogy Various Chemistry Research Topics

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
18 January 2026
Language
UZ