UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA FIZIKA DARSLARIDA MUOMMOLI VAZIYATLAR YARATISH ORQALI O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASH KOPMETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Read full text
Authors: Orzigul Inomiddin qizi Safarboyeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish jarayonida muammoli vaziyatlar yaratish orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida muammoli ta’lim texnologiyalarining pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinib, ularning fizika darslarida samarali qo‘llanish yo‘llari aniqlangan. Fizik hodisa va qonunlarni o‘rganishda muammoli savollar, tajribalar, kuzatishlar hamda real hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning tahliliy va mantiqiy fikrlashini, mustaqil xulosa chiqarish hamda bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, muammoli vaziyatlar asosida tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishi va o‘quv faolligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida fizika fanini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Outcomes Education and Critical Thinking Development Science Education and Pedagogy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
18 January 2026
Language
UZ