VIRTUAL REALLIKNING ZAMONAVIY HAYOTGA TASIRINI FALSAFIY BASHORATLASH

Read full text
Authors: Normo‘minova Nasiba Dilshod qizi
Cited by: 0

Abstract

Virtual reallik texnologiyalarining jadal rivojlanishi zamonaviy jamiyat hayotining kognitiv, ijtimoiy va madaniy tuzilmalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur jarayon ilmiy va falsafiy bashorat masalasini dolzarb muammoga aylantirmoqda. Ushbu maqolaning maqsadi virtual reallikning zamonaviy hayotga ta’sirini falsafiy-gnoseologik va sinergetik yondashuv asosida bashoratlashdan iborat. Tadqiqot texnologik determinizm yoki sof futuristik qarashlardan farqli o‘laroq, virtual reallikni inson bilishi, tajribasi va ijtimoiy munosabatlarini o‘zgartiruvchi murakkab, nochiziqli tizim sifatida tahlil qiladi. Tadqiqot metodologiyasi sinergetik-falsafiy tahlil, konseptual modellashtirish, taqqoslama va gnoseologik rekonstruksiya usullariga tayangan. Ushbu metodlar virtual reallikning kognitiv jarayonlar, ijtimoiy identitet, madaniy qadriyatlar hamda axloqiy me’yorlarga ta’sir etish mexanizmlarini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot natijasida virtual reallik ta’sirining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bashorat modellarini o‘z ichiga olgan kontseptual tasnif ishlab chiqildi.

Fields of Study & Subjects

Cultural Studies and Postmodernism Digital Media and Philosophy Virtual Reality Applications and Impacts

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
18 January 2026
Language
UZ