"Gastroezofageal reflyuks kasalligining o`rganilish holati" mavzusiga adabiyotlar sharhi

Read full text
Authors: Muxammadjonova Nazokatxon Ulug`bek qizi, Saliev Dilmurod Qodirovich, Dilshodbek Qodirov
Cited by: 0

Abstract

Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) - oshqozon-qizilo`ngach zonasi organlarining motor-evakuatsiya funksiyasining buzilishi natijasida yuzaga keladagigan surunkali, qaytalanuvchi kasallik xisoblanib, oshqozon tarkibini qayta-qayta qizilo`ngachga qaytarilishi bilan tavsiflanadi. Kasallik bemorlarga ko`ngil aynishi, ko`krak qafasida achishish, og`riq, ovqatdan keyin oldinga egilganda yoki yotganda noqulaylik xissini paydo qiladi. Kasallikning surunkali qaytalanishi ezifagit, Barret qizilo`ngachi kabi asoratlarni keltirib chiqaradi. GERK kasalligining dunyo bo`ylab tarqalishiga etibor bersak bu kasallik qanchalik dolzarb va keng tarqalganini ko`rishimiz mumkin. Rossiyada haftalik GERK belgilarining tarqalishi 6.4% dan 23.6% gacha, o`rtacha 14.5% ni tashkil qiladi. Garb mamlakatlari ,masalan, Shimoliy Amerikada 20.8% , Avstraliyada 13.4% va Osiyoda 10.2% ni tashkil qiladi. GERK ko`p etiologiyali kasallik xisoblanib, kasalllik simptomlarining yosh, vazn, jins, turmush tarzi bilan chambarchas bog`liqdir. Shuningdek, bu kasallikni yoshlarda ham kop uchrashi bu kasallikni yanada chuqur o`rganish kerakligini yana bir isbotidir

Fields of Study & Subjects

Gastroesophageal reflux and treatments Gastrointestinal motility and disorders Helicobacter pylori-related gastroenterology studies

Publication details

Journal / source
SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI
Publication date
18 January 2026
Language
EN