O'ZBEK OILALARIDA OTA-ONALARNING EMOTSIONAL INTELLEKTI, TARBIYAVIY YONDASHUVLARI VA FARZANDLAR BILAN O'ZARO MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI"

Read full text
Authors: MASHARIPОVA SAIDA RAHIMОVNA
Cited by: 0

Abstract

Ushbu tadqiqot zamonaviy o‘zbek oilalarida ota-onalarning emotsional intellekti, tarbiyaviy yondashuvlari va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda ota-onalarning hissiy aqli darajasi ularning tarbiyaviy yondashuvlariga, farzandlar bilan muloqot sifatiga va ota-ona vakolatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuqori darajadagi emotsional intellekt ota-onalarning samarali va moslashuvchan tarbiyaviy uslublarini qo‘llashiga, shuningdek, farzandlar bilan ijobiy munosabatlarni shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, ota-onalarning o‘zini hurmat qilishi va Barnum effekti kabi psixologik omillar oiladagi tarbiyaviy jarayonlarni sezilarli darajada ta’sir qilishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari ota-onalarning emotsional aqli va tarbiyaviy kompetentsiyasini oshirish orqali farzandlarning psixologik va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Child and Adolescent Psychosocial and Emotional Development Family Dynamics and Relationships Child Development and Education

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
18 January 2026