YAPON TILIDAGI FE'LLI FRAZEOLOGIZMLARNING TARKIBIY-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Read full text
Authors: Yuta Ujie., Juramurodov D.
Cited by: 0

Abstract

Yapon tilidagi fe’lli frazeologizmlar (動詞慣用句) zamonaviy yapon tilining muhim leksik-semantik qatlamlaridan biri bo‘lib, ular shakllanishi, grammatik tuzilishi va ma’no barqarorligi jihatidan alohida ilmiy tahlilni talab qiladi. Ushbu birliklarning katta qismi “ot + fe’l” modeliga asoslangan bo‘lib, statistik jihatdan eng faol guruhni tashkil etadi. Bunday frazeologizmlar ichida ayniqsa「ヲ格」[o kaku] “o” kelishik ko‘rsatkichi orqali bog‘langan birliklar yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, 「あいづちを打つ」[aizuchi o utsu] (tasdiqlab turmoq), 「足を洗う」[ashi o arau] (Yomon yo‘ldan qaytmoq) kabi frazeologizmlarni keltirishimiz mumkin[1]. Bu holat yapon tilida harakatning obyektga yo‘naltirilganligi frazeologik birliklar shakllanishida muhim omil ekanini ko‘rsatadi. [1] 宮地裕(1982)『慣用句の意味と用法』明治書院,pp. 242.

Fields of Study & Subjects

Syntax Semantics Linguistic Variation Linguistic research and analysis Lexicography and Language Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
18 January 2026