Maktabgacha yoshdagi bolalar iqtidorini rivojlantirish muammosining pedagogik-psixologik talqini
Abstract
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtidor fenomenining pedagogik-psixologik mohiyati, uninganiqlanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda iqtidor va iste’dod tushunchalariningmazmuniy farqlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda rivojlanish darajalari pedagogika va psixologiya fanlari nuqtayinazaridan yoritilgan. Biologik, ijtimoiy va faoliyatli yondashuvlar asosida iqtidor muammosiga oid mavjud ilmiy qarashlartahlil qilinib, faoliyatli yondashuvning maktabgacha ta’lim amaliyotidagi ustun jihatlari asoslab berilgan. Maqolada maktabgachayosh davrining psixologik xususiyatlari, bolaning individual-psixologik omillari (qiziqish, ehtiyoj, motivatsiya),ijtimoiy muhit (oila, maktabgacha ta’lim tashkiloti, tengdoshlar) hamda tarbiyachi faoliyatining iqtidor rivojiga ta’siri kengyoritilgan.
Fields of Study & Subjects
Psychological and Educational Research Studies
Early Childhood Education and Development
Psychology of Development and Education
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 5 January 2026
- Language
- TR