ISLOMIY MOLIYA INSTRUMENTLARINING DAVLAT QARZ BARQARORLIGINI TA'MINLASH VA QARZ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH INSTITUTSIONAL VA AMALIY QO'LLANISH IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH
Abstract
Davlat qarz siyosatini optimallashtirish jarayonida moliyaviy manbalarni diversifikatsiya qilish hukumat uchunstrategik ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda islomiy moliya instrumentlari, xususan Islomiy moliya institutlari uchunbuxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (keyingi oʻrinlarda AAOIFI deb yoziladi) tomonidan tartibga solinadigan islom moliyasishartnomalari davlat qarzini islom moliyasi talablariga muvofiq, real aktivlar bilan bogʻlangan va risklarni taqsimlashtamoyiliga asoslangan holda moliyalashtirish imkonini beradi. Tadqiqot qiyosiy tahlil, xalqaro tajriba hamda statistikma’lumotlarga asoslanib, sukukning huquqiy-iqtisodiy mohiyati va ularning davlat qarzi barqarorligini ta’minlashdagi rolinitahlil qiladi.Islomiy moliya vositalari, jumladan ijara asosidagi sukuklar, qarz bozorini kengaytirish, investorlar bazasini diversifikatsiyaqilish hamda davlat moliyaviy majburiyatlarining shaffofligini oshirish orqali investorlar ishonchini mustahkamlaydi.Shu bilan birga, aktivlarga bogʻlangan moliyalashtirish mexanizmi fiskal intizomni kuchaytirib, qarzning uzoq muddatlibarqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston sharoitida islomiy davlat qimmatliqogʻozlarini joriy etish uchun AAOIFI va IFSB me’yorlariga mos huquqiy baza, islom moliyasi uchun maxsus boshqaruvtizimi hamda kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish zaruriyati aniqlangan
Fields of Study & Subjects
Islamic Finance and Banking Studies
Finance
Markets
and Regulation
Fiscal Policies and Political Economy
Publication details
- Journal / source
- Neliti
- Publication date
- 1 January 2026
- Language
- EN