Omonova Dilnura Turajanovna, & Worldly Knowledge Publishing Centre. (2026). MUSIC IN THE ENGLISH CLASSROOM [Data set]. В Iqro (Т. 19, Выпуск 02, сс. 590–591). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.18301310

Read full text
Authors: Munavvar Faxriddin qizi Kuchkorova, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Virusli gepatitlarda xolestatik sindrom jigarning safro hosil qilishi va safro oqimining buzilishi bilan kechadigan muhim klinik-patogenetik holatlardan biri hisoblanadi. Ushbu sindrom ko‘proq A, B, C va E virusli gepatitlarning o‘tkir va surunkali shakllarida, ayniqsa, og‘ir yoki cho‘ziluvchan kechishda uchraydi. Xolestatik sindromning rivojlanishida gepatotsitlar ichida safro kislotalari transportining buzilishi, intrahepatik safro yo‘llarining yallig‘lanishi hamda immun vositachilik mexanizmlari muhim rol o‘ynaydi. Klinik jihatdan sindrom teri va skleraning kuchli sarg‘ayishi, qichishish, siydik rangining to‘qarlashuvi, axlat rangining oqarishi, dispeptik shikoyatlar va umumiy holsizlik bilan namoyon bo‘ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida virusli gepatitlar epidemiologiyasi, klinik kechishi va asoratlarini o‘rganish bo‘yicha tizimli ilmiy ishlar olib borilmoqda. Milliy miqyosda virusli gepatit B va C bo‘yicha makro‐ekranlash dasturi yo‘lga qo‘yilib, 2022–2024 yillar davrida 1 048 575 nafardan ortiq aholida gepatit B surface antijeni va gepatit C antitanalari tekshirilganligi ma’lum boʻldi; bu orqali gepatit tarqalish sur'ati va virusni aniqlash samaradorligi baholandi, shuningdek, B turdagi gepatit tarqalishining emlash orqali kamayishi aniqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari virusli gepatitlar bo‘yicha ilmiy seminarlar, klinik tavsiyalar, diagnostika protokollari va malaka oshirish kurslarini muntazam o‘tkazadi, kasallikni vaqtida diagnostika va davolash asosida kompleks yondashuv bilan asoratlar, shu jumladan xolestatik sindromning profilaktikasi va davosi bo‘yicha amaliy choralar ishlab chiqilmoqda.

Fields of Study & Subjects

EFL/ESL Teaching and Learning Diverse Music Education Insights Music Education and Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
19 January 2026
Document type
Dataset