ELEKTRON HUJJATLAR
Abstract
Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda inson faoliyatining barcha sohalari, jumladan, hujjatlar bilan ishlash tizimi ham tubdan o‘zgarmoqda. An’anaviy qog‘oz shaklidagi hujjatlar o‘rnini elektron hujjatlar egallab, ma’lumotlarni tezkor, xavfsiz va qulay shaklda almashish imkoniyatini yuzaga chiqarmoqda. Elektron hujjatlar tizimi hujjat aylanishini soddalashtiradi, inson omilini kamaytiradi, shaffoflikni ta’minlaydi va boshqaruv jarayonlarining samaradorligini oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida elektron hujjat aylanishi sohasini tartibga soluvchi “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar ushbu tizimning huquqiy asosini tashkil etadi. Makzkur qonun hujjatlari asosida davlat boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar o‘rtasida hujjatlar almashinuvi jarayonlari soddalashtirilmoqda hamda raqamli boshqaruv tizimi shakllanmoqda. Ushbu ishda elektron hujjatlarning mazmuni, ularning tuzilishi, huquqiy kuchi va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, elektron hujjatlar tizimining afzalliklari-ma’lumotlarni tezkor uzatish, ularni xavfsiz saqlash, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda inson xatoliklarini oldini olish imkoniyatlari yoritib beriladi. Tadqiqot jarayonida xalqaro va xorijiy tajriba ham o‘rganilib, rivojlangan davlatlarda elektron hujjatlar tizimining joriy etilishi, ularning huquqiy tartibga solinishi va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Mazkur tajribalarni O‘zbekiston amaliyotiga moslashtirish yo‘llari ham taklif etiladi. Tadqiqot natijalari elektron boshqaruv tizimini takomillashtirish, hujjat aylanishining raqamli transformatsiyasini samarali tashkil etish hamda O‘zbekistonni raqamli rivojlanish yo‘lida ilg‘or tajribalar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Information Systems and Technology Applications
Education
Law
and Society
Digital Transformation in Law
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 19 January 2026