ZULFIYA QUROLBOY QIZI HIKOYALARIDA AYOL TIMSOLI VA MILLIY MENTALITETNING AKS ETISHI

Read full text
Authors: Boltayeva Barnokhon Botir qizi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yorqin vakillaridan biri Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsolining badiiy talqini hamda milliy mentalitetning aks etish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida “Ayol”, “Momo Havo”, “Mashaqqatlar girdobi”, “Yolg‘izlik qurboni”, “Armon asirasi” kabi asarlardagi ayol obrazlari badiiy-estetik, axloqiy va psixologik jihatdan tahlil qilinib, yozuvchining ayol tabiatini idealizatsiyalashdan ko‘ra uni hayotiy ziddiyatlar ichida haqqoniy tasvirlashga intilishi asoslab beriladi. Maqolada Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli milliy mentalitet, axloq, bag‘rikenglik va ma’naviy jasorat ifodachisi sifatida talqin etilgani ilmiy xulosalar bilan asoslanadi.

Fields of Study & Subjects

Short Stories in Global Literature Folklore Mythology and Literature Studies Turkish Literature and Culture

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
19 January 2026