SOGʻLIQNI SAQLASH MUASSASALARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI O'RGANISH
Abstract
Ushbu maqola sog‘liqni saqlash muassasalarida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Nukus shahar va To‘rtko‘l tuman poliklinikalari misolida elektron tibbiy yozuvlar, raqamli registratura va telemeditsina tizimlarining xizmat sifati, mehnat unumdorligi va xarajatlarni kamaytirishga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalarni joriy etishdagi muammolar, infratuzilma va kadrlar malakasini oshirishning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri ilmiy asos bilan keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli tizimlardan maqsadli va tizimli foydalanish sog‘liqni saqlash xizmatlarining samaradorligini oshirish va bemorlarga sifatli xizmat ko‘rsatishda strategik ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Electronic Health Records Systems
Healthcare Systems and Practices
Technology and Human Factors in Education and Health
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 19 January 2026