ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA XIZMATLAR SOHASI ULUSHINING OSHISHI VA UNING IJTIMOIY-IQTISODIY TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyotda xizmatlar sohasi ulushining oshishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida xizmatlar sohasi iqtisodiyot tarkibida ulushini oshirishga ta’sir etuvchi omillar, shu jumladan raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar, bandlik va aholi daromadlari bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xizmatlar sohasining ijtimoiy barqarorlik va turmush darajasini oshirishdagi roli, hududiy tafovutlar va rivojlanishdagi muammolar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari xizmatlar sohasi iqtisodiy o‘sish, bandlikni ta’minlash va jamiyat farovonligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, xizmatlar sohasi rivojlanishini rag‘batlantirish uchun tizimli yondashuv va davlat siyosati zarurligi ta’kidlandi.
Fields of Study & Subjects
Economic and Industrial Development
Digital Economy and Transformation
Service and Product Innovation
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 20 January 2026