RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA "TO'SIQLAR"NI KAMAYTIRISH
Abstract
Mazkur ishda XXI asr boshidan buyon raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida raqobat muhitining tubdan o‘zgarishi masalalari tahlil qilinadi. Internet, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, platformaviy biznes modellari va katta ma’lumotlar (big data) iqtisodiyotning deyarli barcha sohalariga chuqur kirib borib, sanoat iqtisodiyotiga xos bo‘lgan statik raqobat yondashuvlarining cheklanganligini yuzaga chiqarmoqda. Tadqiqotda sanoat va raqamli iqtisodiyot sharoitidagi raqobat tabiatining asosiy farqlari, bozorga kirish to‘siqlarining kamayishi va ularning yangi shakllari yoritib beriladi. Shuningdek, raqamli platformalar, tarmoqlangan ekotizimlar va ko‘p tomonlama bozorlarning raqobat ustunligini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ishda raqamli iqtisodiyot sharoitida dinamik raqobat, ortib boruvchi daromadlar, noaniqlik va moslashuvchanlikning ahamiyati asoslab berilib, raqobat siyosati va biznes strategiyalarini ishlab chiqishda ushbu omillarni hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi.
Fields of Study & Subjects
Digital Platforms and Economics
Diverse Legal and Medical Studies
Digital Economy and Transformation
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 20 January 2026