ZAMONAVIY O'ZBEK KINEMATOGRAFIYASIDA INSON RUHIYATI VA IJTIMOIY ADAPTATSIYA MUAMMOLARI TALQINI
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek badiiy filmlarida inson psixologiyasi, shaxsning jamiyatdan ajralishi (izolyatsiya) va ruhiy tushkunlik sabablari tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida Ayub Shahobiddinovning “O‘tov”, “Rangsiz tushlar”, Bahodir Odilovning “Qarzdor” hamda Umid Hamdamovning “Issiq non” filmlari tanlab olingan. Muallif ushbu asarlar misolida qahramonlarning ichki va tashqi konfliktlarini, o‘zlikni saqlab qolish yo‘lidagi kurashlarini hamda gender masalalarining psixologik aspektlarini o‘rganadi. Maqolada kinodramaturgiyadagi ramziylik, minimalizm va rejissorlik talqini qahramonlar xarakterini ochib berishdagi ahamiyati nuqtai nazaridan tadqiq etilgan.
Fields of Study & Subjects
Cinema History and Criticism
Ethics
Aesthetics
and Art
Literature
Film
and Journalism Analysis
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 20 January 2026