HOMILADORLIK VA TUG'RUQ DAVRIDA ONA O'LIMINING SUD-TIBBIY VA KLINIK TAHLILI
Abstract
Homiladorlik va tug‘ruq davrida ona o‘limi tibbiyot amaliyotining eng murakkab va ijtimoiy ahamiyatga ega muammolaridan biri bo‘lib, uning har tomonlama klinik hamda sud-tibbiy jihatdan tahlil qilinishi sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, tibbiy yordam sifatini oshirish va tibbiy xatoliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada homiladorlik va tug‘ruq jarayonida yuzaga keladigan ona o‘limi holatlarining asosiy etiologik omillari, patogenetik mexanizmlari va klinik kechish xususiyatlari sud-tibbiy ekspertiza nuqtai nazaridan kompleks tarzda yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ona o‘limiga olib keluvchi akusherlik va ekstragenital sabablarni aniqlash, klinik tashxis qo‘yish va davolash jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni baholash hamda sud-tibbiy ekspertiza orqali ushbu holatlarning huquqiy-tibbiy asoslarini ilmiy jihatdan asoslab berishdan iboratdir.
Fields of Study & Subjects
Pregnancy-related medical research
Maternal and fetal healthcare
Maternal and Perinatal Health Interventions
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 20 January 2026