NOQONUNIY ABORTLAR: SUD-TIBBIY DIAGNOSTIKA VA KLINIK OQIBATLAR

Read full text
Authors: Ozoda Shomurotova, Fazliddinova Mulkijahon Fazliddinovna, Arabova Umida O‘tkir qizi, Axtamova Ozoda Fozilovna
Cited by: 0

Abstract

Noqonuniy abortlar zamonaviy tibbiyot va sud-tibbiy amaliyotda eng murakkab, ijtimoiy va tibbiy jihatdan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ular ayol organizmi uchun og‘ir klinik asoratlar, reproduktiv salomatlikning buzilishi, perinatal va onalar o‘limi xavfining oshishi, shuningdek, tibbiy-huquqiy mas’uliyat masalalarining yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi. Noqonuniy abortlarning yashirin sharoitda, malakasiz shaxslar tomonidan yoki tibbiy standartlarga rioya qilinmagan holda amalga oshirilishi infeksion-septik asoratlar, bachadon va uning qo‘shimcha tuzilmalarining shikastlanishi, massiv qon ketish, gormonal disbalans, kelgusida bepushtlik va surunkali ginekologik kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Mazkur maqolada noqanuniy abortlarning sud-tibbiy diagnostikasi va klinik oqibatlari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi.

Fields of Study & Subjects

Reproductive Health and Contraception Maternal and Perinatal Health Interventions Medical and Health Sciences Research

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
20 January 2026