BIZNESDA KOMPLAYENS-NAZORAT VA KORRUPSIYAGA QARSHI MEXANIZMLAR

Read full text
Authors: B.Q. Alimov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada biznes faoliyatida komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi mexanizmlarning huquqiy mohiyati, ularning shakllanishi va amaliy ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Maqolada komplayens-kontrol tushunchasi, uning korporativ boshqaruv tizimidagi o‘rni hamda tijorat tashkilotlarida korrupsion xavflarning oldini olishdagi roli yoritib beriladi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi mexanizmlarning asosiy elementlari, jumladan ichki normativ hujjatlar, nazorat va monitoring tizimlari, xodimlarni o‘qitish hamda xabar berish mexanizmlarining huquqiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Alohida e’tibor komplayens-kontrolni joriy etish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va tipik xatolarga qaratilgan bo‘lib, ularning sabablari va oqibatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xalqaro huquqiy standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilib, komplayens tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ilgari suriladi.

Fields of Study & Subjects

Governance Compliance and Sustainability Corruption and Economic Development Ethics in Business and Education

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
20 January 2026