KLIMAKTERIK DAVRDAGI ARTERIAL GIPERTONIYA BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA ARITMIYANI BAHOLASH: ADABIYOTLAR SHARHI
Abstract
Klimakterik davrda ayol organizmida yuzaga keladigan gormonal o‘zgarishlar, ayniqsa estrogen darajasining pasayishi yurak-qon tomir tizimida funksional o’zgarishlarni va strukturaviy qayta tuzilishlarni keltirib chiqaradi.Bu davrda arterial gipertoniya uchrashi estrogenning pasayishi, qonda xolesterin miqdori oshishi,qolaversa vegetativ o’zgarishlar bilan bog’liq. Arterial gipertoniya fonida miokard gipertrofiyasi, fibroz jarayonlari va vegetativ nerv tizimi disbalansi aritmiyalar paydo bo‘lishi uchun patogenetik asos yaratadi. Adabiyot manbalarida klimakterik yoshdagi ayollarda supraventrikulyar paraksizmal taxikardiya,ekstrosistoliyalarning ustunligi qayd etilgan. Yurak ritmi buzilishlarini aniqlashda elektrokardiografiya va sutkalik Holter monitoringining diagnostik ahamiyati yoritilgan. Aritmiyalarni erta aniqlash va ularni kompleks baholash ushbu bemorlar guruhida yurak-qon tomir asoratlari xavfini kamaytirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
Fields of Study & Subjects
Menopause: Health Impacts and Treatments
Cardiac electrophysiology and arrhythmias
Cardiac Arrhythmias and Treatments
Publication details
- Journal / source
- SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI
- Publication date
- 20 January 2026
- Language
- EN