O'zbekiston byudjet tizimida byudjet xarajatlari samaradorligini baholashning zamonaviy yondashuvlari

Read full text
Authors: Egamov Bekzod, Najmiddinov Firdavs Nuriddinovich
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida byudjet xarajatlarining samaradorligini baholashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2022–2025 yillar davridagi byudjet siyosati, moliyaviy ko‘rsatkichlar va amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar asosida natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish, samaradorlik indikatorlari, fiskal monitoring hamda xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan MTEF, KPI va Spending Review mexanizmlarining ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Economic and Fiscal Studies Economic Growth and Fiscal Policies Fiscal Policy and Economic Growth

Publication details

Journal / source
SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI
Publication date
20 January 2026
Language
EN