Yashil moliya vositalarining barqaror iqtisodiy rivojlanishdagi roli.
Abstract
Mazkur maqolada barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda yashil moliya vositalarining o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda yashil moliyaning asosiy shakllari, xususan, yashil obligatsiyalar, yashil kreditlar va barqaror investitsiyalar mexanizmlarining iqtisodiy o‘sish hamda ekologik barqarorlikka ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, yashil moliya vositalarini joriy etish orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va investitsiya faolligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari yashil moliya instrumentlarini rivojlantirish barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi hamda ushbu yo‘nalishda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Fields of Study & Subjects
Sustainable Finance and Green Bonds
Business and Economic Development
Sustainable Development and Environmental Management
Publication details
- Journal / source
- SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI
- Publication date
- 20 January 2026
- Language
- EN