KOMPANIYANING INVESTITSION FAOLIYATI TAHLILI VA UNING BIZNES O'SISHIGA TA'SIRI("O'ZBEKKO'MIR" AJ MISOLIDA)

Read full text
Authors: Umarov Atxam Nurmuxamedovich
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada kompaniyalarning investitsion faoliyati va uning biznes o‘sishiga ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati misolida olib borilib, investitsion resurslardan samarali foydalanish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, asosiy fondlarni yangilash, texnologik modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada investitsion faoliyat hajmi, yo‘nalishlari va tarkibi bilan biznes o‘sishini ifodalovchi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinib, investitsiyalarning daromad, foyda, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikka ta’siri baholanadi. Shuningdek, investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklar va ularni boshqarish masalalari ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida investitsion siyosatni takomillashtirish, investitsiya oqimlarini maqbullashtirish hamda biznesning uzoq muddatli barqaror va innovatsion rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar va takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.

Fields of Study & Subjects

Economic and Industrial Development Financial Analysis and Corporate Governance Economic Development and Regional Competitiveness

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
20 January 2026