AVTOMOBIL SANOATI RIVOJI: EKOLOGIK MUAMMOLAR VA YECHIMLARI
Abstract
Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil sanoati jadal rivojlanishini uning iqtisodiy ahamiyatini hamda shu bilan birga yuzaga keladigan ekologik va ijtimoiy xavflarni tahlil qilindi. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi (2022–2026) doirasida avtomobil ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravar, eksportni 2–3 baravar oshirish va mahalliylashtirish darajasini yuksaltirish maqsadlari asosida, transport vositalari sonining oʻsishi natijasida hosil boʻluvchi antropogen ta'sirlar – havo ifloslanishi (CO, NOx, uglevodorodlar, qurum va PM2.5 zarralari), shovqin ifloslanishi, suv havzalarining neft mahsulotlari chiqindilari bilan ifloslanishi hamda yoʻl-transport hodisalarining koʻpayishi koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda avtomobil chiqindi gazlarining tarkibi va ulushlari (masalan, CO 87–98%, uglevodorodlar 82–96%), shahar sharoitidagi konsentratsiyalar (250–500 mg/m³ gacha) va global statistik ma'lumotlar (havo ifloslanishining 55% avtotransportdan) keltirilgan. Ekologik muammolarni yumshatishning asosiy yoʻnalishlari sifatida ichki yonuv dvigatellarini optimallashtirish chiqindi gazlarni neytrallash tizimlari, yangi yonilgʻi turlari, shuningdek, elektromobillar, gibrid va quyosh energiyasiga asoslangan transport vositalariga oʻtish koʻrsatilgan.
Fields of Study & Subjects
Engine and Fuel Emissions
Vehicle emissions and performance
Environmental Quality and Pollution
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 20 January 2026
- Language
- UZ