MASSAJ VA MASSAJ TURLARI

Read full text
Authors: Xomidova Visolaxon Sharobiddin qizi, To'ychiyeva Maftuna Orifjon qizi
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada massajning sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni, ayniqsa hamshiralik amaliyotida bemorlarni parvarish qilish, reabilitatsiya jarayonlarini tezlashtirish va kasalliklarning asoratlarini kamaytirishdagi ahamiyati keng yoritilgan. Massajning tarixiy rivojlanishi, fiziologik ta’sir mexanizmlari hamda klassik, davolovchi, sport, limfodrenaj, reflektor va maxsus massaj turlarining ilmiy-amaliy xususiyatlari batafsil tahlil qilingan. Maqolada massaj muolajalarini bajarishda hamshiraning professional tayyorgarligi, bemor holatini baholash, muolaja xavfsizligini ta’minlash hamda individual yondashuvning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, massajning nerv, yurak-qon tomir, mushak-skelet va limfa tizimlariga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri zamonaviy ilmiy manbalar asosida yoritilib, uni kompleks davolash va parvarish jarayoniga integratsiya qilish zarurati asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Complementary and Alternative Medicine Studies Medical Practices and Rehabilitation Medical research and treatments

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
20 January 2026