JINOYAT VA JAZO:RASKOLNIKOVNING RUHIY KECHINMALARI VA PSIXOLOGIK TALQINI

Read full text
Authors: Diyora KAMOLDINOVA, Rayona Abdullayeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada F.M. Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari inson ruhiyatining murakkabligi, ichki ziddiyatlar va axloqiy tanlovlarni chuqur ochib beradi. Asarning bosh qahramoni Raskolnikov — o‘zini “maxsus inson” deb biladigan, jamiyat qoidalaridan ustun turishga intilgan shaxsdir. Asardagi uning ruhiy kechinmalari va psixologik jarayoni zamonaviy psixologiya nuqtai nazaridan shaxsiyat buzilishi sifatida talqin qilinadi. Raskolnikov jinoyat qilishdan oldin o‘zini aqlli va huquqiy jihatdan adolatli deb biladi, ammo qotillikdan so‘ng ichki ziddiyat va guilt hissi uni doimiy ruhiy zo‘riqishga olib keladi. U har bir odamni tahdid sifatida qabul qilish, harakat va so‘zlarni noto‘g‘ri talqin qilish kabi paranoik fikrlar bilan azoblanadi. Bu holat uning ruhiyatida axloqiy va psixologik stressni kuchaytiradi, uyqusizlik, qo‘rquv va ichki iztirob paydo bo‘ladi. Shaxsiyatining ichki buzilishi kognitiv dissonans — ongli niyat va axloqiy hissiyotlar ziddiyati orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Raskolnikov o‘z jinoyatini oqlashga harakat qiladi, ammo ichki his-tuyg‘ular va ruhiy zo‘riqish uni tinch qo‘ymaydi. Asar davomida uning ruhiy jarayoni asta-sekin o‘zgaradi: guilt hissi va ichki ziddiyatlar orqali u o‘zini tan oladi, kechirim izlaydi va ruhiy tiklanish jarayoniga kiradi.

Fields of Study & Subjects

Russian Literature and Bakhtin Studies American and British Literature Analysis Vladimir Nabokov Literary Studies

Publication details

Journal / source
International Bulletin of Applied Sciences and Technology
Publication date
26 January 2026
Language
EN