Axborot texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi o'rni va rivojlanish bosqichlari
Abstract
Mazkur maqolada axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning shakllanishi va rivojlanishbosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda axborot texnologiyalarining an’anaviy ta’limdan raqamli ta’limtizimiga o‘tish jarayonidagi ahamiyati, ta’lim samaradorligini oshirishdagi didaktik imkoniyatlari hamda o‘quv jarayoniniindividuallashtirish va interaktiv tashkil etishdagi roli yoritib beriladi. Shuningdek, maqolada axborot texnologiyalariningrivojlanish bosqichlari – kompyuterlashtirish, axborotlashtirish, raqamlashtirish va intellektual ta’lim muhitiga o‘tish jarayonlariizchil tahlil qilinib, ularning ta’lim sifati hamda boshqaruv samaradorligiga ta’siri asoslab beriladi. Axborot texnologiyalaridanfoydalanish orqali ta’lim resurslaridan oqilona foydalanish, pedagogik faoliyatni optimallashtirish hamdazamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqola natijalari ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridansamarali foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun nazariyasos bo‘lib xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Innovative Educational Technologies
Innovations in Education and Learning Technologies
Educational Technology and E-Learning
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 20 January 2026
- Language
- UZ