YUSUF XOS HOJIBNING "QUTADG'U BILIG" DOSTONIDA AXLOQIY VA ESTETIK QARASHLAR

Read full text
Authors: Sarvinoz Abdiyeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning XI asr turkiy adabiy yodgorligi -“Qutadgʻu bilig” dostonida ifodalangan axloqiy hamda estetik qarashlar tizimi tahlil qilinadi. Asarda jamiyatni boshqarish, adolatni qaror toptirish, komil insonni tarbiyalash kabi masalalar axloqiy mezonlar sifatida talqin etilib, ularning davlat va xalq farovonligi bilan bogʻliqligi yoritiladi. Doston qahramonlari va timsollar orqali adolat, aql-zakovat, qanoat, insof, rostgoʻylik, mehnatsevarlik singari fazilatlarning ijtimoiy-ma’naviy qadri ochib beriladi. Shu bilan birga, “Qutadgʻu bilig”dagi estetik qarashlar badiiy obrazlar, ramziy ifoda, nutq madaniyati, hikmatli baytlar, poetik uslub va did tarbiyasi orqali namoyon bo‘lishi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada axloq va estetika bir-birini to‘ldiruvchi g‘oyaviy-mazmuniy birlik sifatida talqin qilinib, dostonning bugungi ma’naviy tarbiya hamda adabiy-estetik tafakkur rivojidagi ahamiyati asoslanadi.

Fields of Study & Subjects

Turkish Literature and Culture Historical Literary and Cultural Studies Linguistics and Cultural Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
27 January 2026