ARTROZ VA ARTRIT: KELIB CHIQISHI, FARQLARI VA DAVOLASH YO'LLARI.

Read full text
Authors: Hojimuhammad Yuldashev, Shahzoda Ismoilova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada bo‘g‘im kasalliklarining keng tarqalgan turlari hisoblangan artroz va artritning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari hamda klinik belgilari yoritib berilgan. Artrozning degenerativ-distrofik jarayon sifatida bo‘g‘im tog‘ay to‘qimasining yemirilishi bilan kechishi, artritning esa asosan yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil qilingan. Ushbu ikki kasallik o‘rtasidagi asosiy farqlar simptomatika, kechish xususiyatlari va tashxis qo‘yish mezonlari orqali taqqoslab ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy davolash usullari, jumladan, dori vositalari, fizioterapiya, reabilitatsiya choralari va profilaktika tadbirlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari artroz va artritni erta aniqlash hamda samarali davolash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash mumkinligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Osteoarthritis Treatment and Mechanisms Musculoskeletal pain and rehabilitation Rheumatoid Arthritis Research and Therapies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
27 January 2026