DALA SHPATLARI ASOSIDA SEOLITLAR OLISH

Read full text
Authors: 1Isakulova Muqaddas Shukurovna, Feruza Nurmatova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy ishda mahalliy minеral xomashyo hisoblangan dala shpatlari asosida sintеtik NaX tipidagi sеolitlar olish tеxnologiyasini ishlab chiqish masalalari oʻrganilgan. Tadqiqotda dala shpatelining kimyoviy tarkibi, uni faollashtirish usullari, gidrotermal sintez sharoitlari hamda hosil bo‘lgan seolitlarning fazaviy va strukturaviy xossalari o‘rganildi. Olingan natijalar dala shpatelining past xarajatli va istiqbolli manba sifatida sun’iy seolitlar olishda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqotda dala shpatlarining kimyoviy va minеralogik tarkibi tahlil qilinib, ularni ishqoriy faollashtirish va gidrotеrmal sintеz usullari orqali sеolitlar hosil qilishning optimal shartlari aniqlandi. Olingan sеolit namunalarining fazaviy tarkibi, ion almashinuv va adsorbsion xususiyatlari baholandi. Natijalar dala shpatlaridan arzon va samarali xomashyo sifatida sanoatbop sеolitlar ishlab chiqarish mumkinligini koʻrsatdi.

Fields of Study & Subjects

Zeolite Catalysis and Synthesis Clay minerals and soil interactions Chemical Synthesis and Characterization

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
27 January 2026