STRUKTURALIZM VA FUNKSIONALIZM: PSIXALOGIYA FANLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Abstract
Ushbu tezisda psixologiya fanining mustaqil ilmiy soha sifatida shakllanish jarayonida muhim o‘rin tutgan strukturalizm va funksionalizm yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Strukturalizm ongning tuzilishini introspeksiya metodi asosida o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, funksionalizm psixik jarayonlarning insonning muhitga moslashuvidagi vazifalarini ochib beradi. Mazkur yo‘nalishlarning asoschilari, metodologik xususiyatlari, afzallik va cheklanishlari yoritilib, ularning psixologiya fanining keyingi rivojiga ta’siri asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy psixologiya nazariy va amaliy yo‘nalishlarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fields of Study & Subjects
Academic and Historical Perspectives in Psychology
Psychology Research and Bibliometrics
Philosophy and History of Science
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 27 January 2026
- Language
- UZ